Tasavvufiy Adabiyot Tarixining Alisher Navoiy Asarlarida Yoritilishi

Main Article Content

Eshniyazova Maysara Beknazarovna

Abstract

mumtoz adabiyoti tarixida irfoniy-tasavvufiy mavzular ildizi VII asrlardan Islom dinining mamlakatimiz sarhadlariga kirib, xalq ongiga singib, e’tiqodida mustahkamlanib borishi bilan bog‘liq. Diniy-tasavvufiy qarashlar adabiyotimiz tarixida o‘z tadrijiy taraqqiyotiga ega. Tasavvuf va adabiyotning yaqinlashuvi inson axloqini poklash, uni komillik darajasiga ko‘tarish g‘oyalari bilan bog‘liq bo‘lib, adabiyotning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijodida olam va odam munosabatlarini tahlil qilish, zohiriy va botiniy go‘zallikka, ruh ozodligi, qalb pokligi, ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarda axloqiy yetuklikka erishish yo‘llarini ko‘rsatish asosiy mavzu sanaladi. Adabiyot tarixida inson kamolotida ma’rifatullohning o‘rnini belgilash va ommaga yetkazishning takomillashib borishi ko‘zga tashlanadi. Badiiy adabiyotda irfoniy-tasavvufiy mavzularning yirik hajmda in’ikos etishi XV asrlarga kelib yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Tasavvufiy adabiyotning Bbu davrgacha bo‘lgan namoyondalari hayoti va faoliyati, adabiy merosi tizimli yoritilgan alohida manbalar yetarli emas. Ushbu kichik tadqiqotda ushbu masalaga e’tibor qaratildi hamda islomiy adabiyotning XV asrgacha bo‘lgan tarixi va unga mansub ijodkorlarning faoliyatini xronolik aspektda yoritishga harakat qilindi.

Article Details

Section

Articles

How to Cite

Beknazarovna , E. M. (2024). Tasavvufiy Adabiyot Tarixining Alisher Navoiy Asarlarida Yoritilishi. Excellencia: International Multi-Disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(5), 5-18. https://doi.org/10.5281/

References

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 5-jild. Xamsat ul-mutahayyirin. – Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 6-jild. Hayrat ul-abror. – Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. Lison ut-tayr. Majolis un-nafois. Mahbub ul-qulub. – Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 10-jild. Nasoyim ul-muhabbat. Muhokamat ul-lug‘atayn. – Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. 4 tomlik. 1-4-tomlar. – Toshkent, “FAN” nashriyoti, 1983-1985-yillar.

Бертельс Е.Б. Сўфизм ва тасаввуф адабиёти. Рус тилидан Ибодулла Мирзаев таржимаси. Тошкент, “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” нашриёти, 205.

Ислом тасаввуфи манбалари. Тузувчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи филолсгия фанлари доктори, профессор Ҳамидулла Болтабоев. – Тошкент, “Ўқитувчи” нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2005.

Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 2009.

Тасаввуф адабиёти лингвопоэтикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2011.

https://n.ziyouz.com

Similar Articles

You may also start an advanced similarity search for this article.