FORMATION OF COMMUNITY CENTERS OF RURAL POPULATION AREAS AND ORGANIZATION OF A NETWORK OF SERVICE INSTITUTIONS
Main Article Content
Abstract
Qishloq hududlarini arxitektura loyihaviy tashkil qilishda, uning jamoat markazini shakllantirish madaniy - maishiy xizmat koʼrsatish tarmoqlarining tarkibiga, shaharsozlik normativlari boʼyicha aniqlanadigan hajmiga bevosita bogʼliqligi koʼrib chiqilgan. Jamoat markazlarini qishloqlararo, qishloq va mahalla markazlari asosida bosqichma – bosqich, funktsional jihatdan oqilona tashkil etilishida uni aniq belgilangan vazifalarga xizmat qiluvchi maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy, savdo-maishiy, taʼlim muassasalari, dam olish va sport inshootlari boʼyicha yagona rejaviy-hajmli zona yaratilishi, markazning kompozitsion tizimining uzviy bogʼlanishi, xizmat koʼrsatishning qulay va oqilona tashkil etilishi, markaz funktsional vazifalariga muvofiq aniq zonalashtirilishi, hajmlar talqinidagi asimmetriyalik, shakllar, kontur va landshaft tuzilishidagi uygʼunlikka rioya qilinishi, arxitektura, tabiat va sanʼat sintezidan unumli foydalanishi zarurligi batafsil koʼrib chiqilgan.